date

Kavani hushtakbozlik ostida qoldi, Bokadagi kelajagi noaniq

Kavani hushtakbozlik ostida qoldi, Bokadagi kelajagi noaniq

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani «Boka Xuniors»ni tark etishi mumkin. Biroq gap uning shaxsiy istagi haqida emas — muxlislar noroziligi fonida klub bilan xayrlashuv «ixtiyoriy-majburi» tus olishi ehtimoli kuchaymoqda. So‘nggi uchrashuvda almashtirilgan paytda «Matador» maydonni tark etar ekan, tribunalar uni hushtaklar bilan kuzatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Almashtirish ham vaziyatni o‘zgartirmadi: «Boka» «Platense» darvozasiga yo‘l topa olmadi va o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi. Endi Argentina OAV Kavani bilan shartnomani uzaytirish masalasiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Qolaversa, klub paragvaylik Adam Bareyroni tarkibga qo‘shib oldi va ko‘pchilik u 39 yoshli tajribali hujumchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kavani hushtakbozlik ostida qoldi, Bokadagi kelajagi noaniq