Kavanini hushtakbozlik kutmoqda, Bokadagi kelajagi noaniq

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani “Boka Xuniors”ni tark etishi mumkin. Gap uning o‘zi ketishni xohlayotgani haqida emas — muxlislar noroziligi tobora kuchayib, klub ichida “majburiy xayrlashuv” ssenariysi ham kun tartibiga chiqmoqda. So‘nggi uchrashuvda u almashtirilgan paytda stadiondan kuchli hushtaklar yangradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Almashtirish ham vaziyatni o‘zgartirmadi: “Boka” “Platense” darvozasini ishg‘ol qila olmadi va o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi. Shundan so‘ng Argentina OAV Kavanining shartnomasi uzaytirilishi borasida ehtiyotkor fikr bildirmoqda. Bundan tashqari, klub paragvaylik Adam Bareyroni tarkibga qo‘shib oldi va ko‘pchilik u 39 yoshli tajribali futbolchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!