date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga tanaffus berilganini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga tanaffus berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o‘tkazib yuborishini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham jamoa safida bo‘lmaydi.

«Taqvim juda tig‘iz. Shuning uchun Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bor», — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Mutaxassis Ronalduga tanaffus berilishi yangilik emasligini ham ta’kidladi: bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi birinchi holat emas.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga tanaffus berilganini aytdi