date

Patrik Dorgu aprel boshida maydonga qaytishi kutilmoqda

Patrik Dorgu aprel boshida maydonga qaytishi kutilmoqda

«Manchester Yunayted» himoyachisi Patrik Dorgu jarohat olgan futbolchilar roʻyxatida qolmoqda. Indykaila News xabariga koʻra, klub 21 yoshli futbolchidan tiklanish jarayonini shoshirmaslikni soʻragan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Qizil iblislar» lagerida Dorguning erta qaytishi keyinchalik yanada jiddiy va uzoq muddatli muammolarga olib kelishidan xavotirda.

Manbaga ko'ra, «Manchester Yunayted» endi Dorguning maydonga qaytishini aprel oyining boshiga rejalashtirmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Patrik Dorgu 24 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Ayni paytda «Manchester Yunayted» Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Patrik Dorgu aprel boshida maydonga qaytishi kutilmoqda