date

Afsonaviy murabbiy Mircho Luchesku 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Afsonaviy murabbiy Mircho Luchesku 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Jahon futboli yana bir buyuk va tajribali mutaxassisidan ayrildi. Rumaniyalik mashhur murabbiy Mircho Luchesku 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda rumaniyalik jurnalist Emanuel Roshu maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, Luchesku bir muddat oldin yurak xuruji sabab shifoxonaga yotqizilgan edi. Shunga qaramasdan, u o‘z faoliyatini to‘xtatmagan va Ruminiya milliy jamoasini Jahon chempionati-2026 saralash bahslarida boshqarishda davom etgan. Ammo jamoa Turkiyaga mag‘lub bo‘lib, mundialga yo‘llanmadan mahrum bo‘lgandi.

Mircho Luchesku o‘z faoliyati davomida ko‘plab klub va terma jamoalarda muvaffaqiyatli ish olib borgan. Ayniqsa, u “Shaxtyor” va «Dinamo Kiyev» jamoalaridagi natijalari bilan keng tanilgan. Shuningdek, Ruminiya va Turkiya milliy jamoalarida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib, katta tajriba to‘plagan.

Futbol olamida u eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan murabbiylardan biri sifatida tarixda qoldi. Lucheskuning boy merosi, futbolga qo‘shgan hissasi va tarbiyalagan shogirdlari uning nomini uzoq yillar davomida yashatishi aniq.

Bu yo‘qotish futbol muxlislari va butun sport jamoatchiligi uchun katta musibat bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Afsonaviy murabbiy Mircho Luchesku 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi