date

Manuel Neuer jarohati: Jahon chempionati xavf ostidami?

Manuel Neuer jarohati: Jahon chempionati xavf ostidami?

Bavariya darvozaboni Manuel Neuer Köln jamoasiga qarshi kechgan Bundesliganing so‘nggi uchrashuvida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Klub tibbiy bo‘limi o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng futbolchining chap boldir mushaklarida muammo borligini tasdiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozircha Bavariya darvozabonning tiklanish muddati bo‘yicha aniq ma’lumot bermadi. Shu sababli, Manuel Neuerning shanba kuni VfB Stuttgartga qarshi o‘tadigan Germaniya kubogi finalida ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yilgi jahon chempioni joriy mavsumda boldir mushaklaridagi jarohat tufayli allaqachon uch marta safdan chiqqan edi. Bu surunkali holat uning 2026-yilgi Jahon chempionatiga borish imkoniyatlariga qanday ta’sir qilishi muxlislarni xavotirga solmoqda.

Garchi Sky nashri 40 yoshli posbonning terma jamoaga qaytishi rejalashtirilganini yozgan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Julian Nagelsmann bu borada aniq izoh berishdan tiyildi. Tajribali darvozabonning kelajagi yaqin kunlardagi tibbiy ko‘riklardan so‘ng oydinlashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manuel Neuer jarohati: Jahon chempionati xavf ostidami?