date

Manchester Siti muxlisi Arsenal yulduzlarining masxaralariga javob qaytardi

Manchester Siti muxlisi Arsenal yulduzlarining masxaralariga javob qaytardi

Angliya Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan Arsenal futbolchilari mavsum davomida ularni "bottlers" (muhim pallada yutqazadiganlar) deb masxara qilgan Manchester Siti muxlisi Tal Rehmanni nishonga olishdi. Mikel Arteta shogirdlari 22 yillik tanaffusdan soʻng chempionlikka erishgach, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu muxlisning ustidan kulishgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Xususan, Gabriel Magalhaes Instagram sahifasida Rehmanning mavsum boshidagi va oxiridagi holati aks etgan rasmni joylab, "Koʻp oʻylab yubordingmi?" deya izoh qoldirdi. Bukayo Saka va Myles Lewis-Skelly esa kiyinish xonasida shampan vinosi shishalarini ushlab, tanqidlarga hazil bilan javob berishdi. Bu holat Manchester Siti Bournemouth jamoasini magʻlub eta olmaganidan soʻng yuz berdi.

Tal Rehman talkSPORT nashriga bergan intervyusida Arsenal yulduzlariga murojaat qilib, bularning barchasi shunchaki hazil boʻlganini taʼkidladi. "Yigitlar, gʻalabadan zavqlaning. Chempion boʻlishingiz uchun 22 yil kerak boʻldi. Men bundan xafa emasman, bu shunchaki hazil edi, sizlar esa uni jiddiy qabul qildingiz", — dedi u.

Shuningdek, muxlis Arsenal jamoasining Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi. "Agar sizlar Chempionlar ligasini ham yutsangiz, men Oyga koʻchib ketishimga toʻgʻri keladi. Lekin baribir sizlarga omad tilayman", — deya qoʻshimcha qildi u. Arsenal tez orada Budapeshtda Pari Sen-Jermen jamoasiga qarshi finalda maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti muxlisi Arsenal yulduzlarining masxaralariga javob qaytardi