date

Dengizni bo‘lishga uringan ruhoniy cho‘kib ketishga sal qoldi

Dengizni bo‘lishga uringan ruhoniy cho‘kib ketishga sal qoldi

Afrikada yuz bergan noodatiy voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tarqalgan videolarda bir ruhoniy o‘zini “mo‘jiza ko‘rsata olashini” e’lon qilib, odamlar ko‘z o‘ngida dengizni bo‘lishga uringani aks etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Muqaddas kitoblarda tasvirlangan Muso payg‘ambar mo‘jizasiga o‘xshash holatni takrorlashga harakat qilgan va suv oqimiga kirib, dengizni ikki qismga ajratmoqchi bo‘lgan.

Biroq uning bu harakati kutilgan natija bermagan. Kuchli suv oqimi uni o‘ziga tortib ketgan va ruhoniy cho‘kib ketishiga bir bahya qolgan. Ruhoniy tezkorlik bilan orqaga qaytib, vaziyat yanada og‘irlashib ketishining oldini olgan.

Mazkur holat tasvirlangan video internetda tez tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik bunday harakatlar xavfli ekanini ta’kidlab, diniy mo‘jizalarni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dengizni bo‘lishga uringan ruhoniy cho‘kib ketishga sal qoldi