23 yoshli qiz sushi iste’molidan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida 23 yoshli qiz sushi iste’mol qilganidan keyin og‘ir ovqatdan zaharlanish holatiga tushgan. Voqea natijasida uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmaganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilar umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilinishi hamda mahsulotlar sifatiga alohida e’tibor qaratilishi zarurligini ta’kidlashmoqda.
Hozircha ushbu voqea yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan aniq va tasdiqlangan izoh berilmagan.
Mutaxassislar esa, ayniqsa yoz mavsumida tez buziladigan mahsulotlarni iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish, ularning saqlanish sharoitiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini eslatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!