23:20 / 02.03.2018
4 672

Jeparovning o‘yinini ko‘rish uchun stadionga kirmoqchi bo‘lgan 35 nafar eronlik ayol qo‘lga olindi

Jeparovning o‘yinini ko‘rish uchun stadionga kirmoqchi bo‘lgan 35 nafar eronlik ayol qo‘lga olindi
Futbol ko‘rish uchun stadionga kirishga uringan 35 nafar eronlik ayol huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ayollar hamyurtimiz Server Jeparov to‘p suradigan “Istiqlol” hamda “Persepolis” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilishmoqchi bo‘lgan. Biroq, ularning bu niyati amalga oshmay qoldi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda ayollar vaqtincha ushlab turilgan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan.

Ma’lumot uchun, Eron islom respublikasi qonunchiligiga ko‘ra ayollarning stadionlarga kirishi ta’qiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jeparovning o‘yinini ko‘rish uchun stadionga kirmoqchi bo‘lgan 35 nafar eronlik ayol qo‘lga olindi