
Kataloniyaning yulduzi bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchi qo‘ldan chiqish ostonasida. Ispaniya terma jamoasi va "Atletik" klubi hujumchisi Niko Uilyams yozda “Barselona” bilan shartnoma imzolamasa, “Real” jamoasiga o‘tishi mumkinligini bildirdi.
Bu haqda Goal.com portali xabar tarqatdi. Manbaga ko‘ra, Niko yoki uning vakili orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri tarzda “Barsa” rahbariyatiga murojaat qilgan. Unda shunday so‘zlar aytiladi: agar yozda shartnoma imzolanmasa, “Real Madrid” variant sifatida ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.
Bu bildiruv "Barselona" rahbarlarini jiddiy harakatga undadi. Sababi, klub futbolchiga bo‘lgan qiziqishni oshkor qilgan, ammo amaldagi taklif bilan chiqmagan. Endilikda esa vaziyat keskin o‘zgarishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, Niko Uilyamsning “Barsa”ga o‘tishi jamoa bosh murabbiyi va klubning transfer siyosatidagi muhim tarkibiy qism sifatida qaralmoqda. Ammo “Real” kabi raqib klubning sukuti faqat bir imzoga bog‘liq.
Futbolchi o‘zini "Atletik" safida ko‘rsatib ulgurgan va Yevro–2024dagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikni hayratda qoldirgan. Shu bois, u hozirda Yevropa grandlarining ko‘z o‘ngida turibdi. Kataloniyaliklar bu imkoniyatdan unumli foydalanmasa, o‘ziga xos iste’dod "Santyago Bernabeu"da porlashni boshlashi mumkin.
Ayni damda "Barselona" rahbariyati oldida ikki yo‘l bor: yoki shartnomani tezda tayyorlab, imzo qo‘ydirish, yoki madridlik raqiblariga kelajak yulduzni sovg‘a qilish. Muxlislar esa kuzatmoqda — kim tezroq harakat qiladi va Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib oladi?
Vaqt katta ahamiyat kasb etadi. Chunki "Real" hech qachon befarq qolmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar