ETRI bolalarda autizmni erta aniqlash texnologiyasini yaratdi

Salomatlik1 daqiqa o'qish215
ETRI bolalarda autizmni erta aniqlash texnologiyasini yaratdi
ETRI tadqiqotchilari autizm spektr buzilishi (ASD) ni erta aniqlash uchun sun’iy intellekt (AI) texnologiyasini ishlab chiqdi. Bu texnologiya bolalarda ASD belgilarini tez aniqlashga yordam beradi va bu orqali erta skrining va tibbiy aralashuv imkoniyatlari kengayadi, deb xabar berdi National Research Council of Science & Technology.

ETRI (Electronics and Telecommunications Research Institute) tomonidan ishlab chiqilgan “ijtimoiy interaksiyani aniqlovchi AI” texnologiyasi, 6 daqiqa davomida ko‘rilgan maxsus video orqali bolalarning ASD belgilarini aniqlaydi.

ASD belgilariga ijtimoiy aloqada sustlik, cheklangan va takroriy harakatlar kiradi. Bu buzilish erta aniqlansa, bolaning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkin.

Mutaxassislar yetishmovchiligi, resurslar cheklangani sababli, autizmni aniqlashga 2 yildan 6 yilgacha vaqt ketadi. Ammo ASD belgilarini 12–24 oyligida yoki undan ham oldin ko‘rish mumkin.

ETRI olimlari SNU Bundang shifoxonasi Psixiatriya bo‘limi (professor Yoo Hee-Jung jamoasi) bilan hamkorlikda, 3 531 nafar 42 oylik va kichik bolalar ustida tahlil olib bordi. Ular asosida AI texnologiyasini qo‘llash uchun maxsus ssenariy ishlab chiqildi.

Ushbu asosda dunyodagi birinchi "ijtimoiy interaksiyani uyg‘otuvchi kontent" yaratildi. Bu kontent qiziqarli ob’yektga qarash, ismini eshitib javob berish, harakatni taqlid qilish, imo-ishora qilish, ko‘z bilan aloqa qilish kabi ijtimoiy reaksiyalarni tahlil qiladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?