
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejalari hamda O‘zbekiston U-18 terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Askar Xalmuratov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan jamoa olib borgan yig‘inlar, seleksiya, tibbiy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘z navbatida, murabbiylar kengashi a’zolarining O‘zbekiston U-18 terma jamoasining xalqaro turnirlar va o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi ishtiroki yuzasidan tahlil hamda xulosalari tinglandi, tajriba va xatolar ustida ishlash murabbiylarning kelajakdagi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Kun tartibidan jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasi ham o‘rin oldi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2027 yilgi U-20 Osiyo Kubogi hamda FIFA U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarligi reja asosida davom etadi. Tavsiyalar va muhokamalar yakuniga ko‘ra Jamoliddin Rahmatullayev O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda terma jamoalarga futbolchilarni seleksiya qilish, jismoniy, texnik va taktik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tavsiyalar berilib, jamoalarimiz uchun zarur sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar