
Akmal Mozgovoy faoliyatida yangi bosqich boshlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Nasaf” klubi tarkibida o‘ziga xos o‘yin ko‘rsatgan yarim himoyachi endi BAA chempionatida o‘ynaydi.
Tahririyatimiz manbalariga tayanib ma’lum qilamiz: 26 yoshli mahoratli futbolchi “Bani Yas” jamoasi safiga o‘tdi. Mazkur transfer ikki klub o‘rtasidagi kelishuv asosida amalga oshgan va futbolchi yaqin kunlarda yangi jamoasi bilan rasman shartnoma imzolaydi.
Akmal Mozgovoy “Nasaf” tarbiyalanuvchisi sifatida tanilgan. U nafaqat klubda, balki terma jamoada ham faol harakatlari bilan e’tibor qozongan. Joriy mavsumda u qarshiliklar tarkibida 18 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 1,5 mln yevroga baholamoqda.. Uning texnikasi, o‘yinni ko‘ra bilishi va jamoaviy harakatlarga moslashuvchanligi uni boshqalardan ajratib turadi.
“Bani Yas” klubi BAA chempionatida o‘rta toifali jamoalardan biri hisoblanadi. Bu jamoa so‘nggi yillarda mahalliy va xorijlik futbolchilarni jadal tarzda jalb qilib, o‘z tarkibini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Mozgovoyning transferi esa bu jarayonning navbatdagi bosqichi sifatida baholanmoqda.
Futbol mutaxassislari ushbu o‘tishni o‘ziga xos yutuq sifatida baholamoqda. Chunki u endi xalqaro tajriba to‘plash, o‘z salohiyatini yanada namoyon qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa kelgusida uning milliy terma jamoadagi mavqeini mustahkamlaydi.
Ayni paytda “Nasaf” jamoasi uchun ham ushbu transfer katta e’tiborga sazovor. Chunki klubning yana bir tarbiyalanuvchisi legionerga aylandi. Bu esa “ajdarlar” akademiyasi samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Muxlislar esa Mozgovoyga BAAdagi yangi faoliyatida omad tilashmoqda. Uni yangi jamoada qanday o‘yinlar kutmoqda va u qay darajada o‘zini ko‘rsata oladi – bu savollarga javob yaqin kelajakda ayon bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar