02:29 / 21.09.2019
2 855

Samvel Babayan: “Negadir, birinchi bo‘lib to‘p bizning darvozamizdan o‘rin olyapti”

Samvel Babayan: “Negadir, birinchi bo‘lib to‘p bizning darvozamizdan o‘rin olyapti”
Coca Cola Superligasi 20-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Lokomotiv” jamoasi ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.
- O‘yin haqida batafsil to‘xtalib o‘tmoqchiman. “Lokomotiv” o‘yinida g‘alati holatlar bo‘lyapti. Negadir, birinchi bo‘lib to‘p bizning darvozamizdan o‘rin olyapti. Futbol shunday shafqatsiz o‘yin ekanligini ta’kidlamoqchiman. Doim ham kuchli jamoa g‘alaba qozonavermaydi. “So‘g‘diyona” bilan bo‘lgan bahsda ham alamli mag‘lubiyatga uchradik.

Bugungi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Qator vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, navbatdagi uchrashuvda ham durang o‘ynadik. Hisobda ortda qolib, hisobni tenglashtirganimiz uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun maydonda barcha ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarishdi.

Liga kubogidagi o‘yin bilan bugungisini solishtiradigan bo‘lsak, oldingi bahsda bunday yirik mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Qolaversa liga kubogi o‘yinida har ikki jamoa ham boshqacha tarkiblar bilan, ya’ni yetakchilarsiz o‘ynagan edi.

Bugungi uchrashuv tamoman boshqacha edi. “Qo‘qon-1912” jamoasida ham kuchli futbolchilar jamlangan. Bekorga ushbu jamoadan turli terma jamoalarga o‘yinchilar taklif etilmayapti. Yosh murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilab qolaman.

Manba : kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: “Negadir, birinchi bo‘lib to‘p bizning darvozamizdan o‘rin olyapti”