2 773
Ro‘ziqul Berdiyevning akasi terma jamoamizning JCHga chiqishi uchun "yo‘l xarita"sini tayyorladi
Orzu qilishda buyuk falsafa bor, buyuk haqiqat bor, buyuk ilm bor. Buyuk orzular qilishni o‘rganing, aynan shundagina siz uning asl mohiyatini anglab yetasiz. Qachonki siz o‘zingizni buyuk orzularingizga erishganingizda kim bo‘lishingizdan qat’iy nazar o‘z-o‘zingizdan xuddi yosh go‘dakdek yig‘lay boshlaysiz.
Bu narsa biroz oldinroq ham sodir bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mazmun-mohiyat o‘zgarib qolmaydi.
Qachonki siz uning muhabbatini his qilganingizda yig‘lashdan o‘zga chora topa olmaysiz!
Nega chempion bo‘lgan sportchilar har doim shohsupaga ko‘tarilganda xuddi yosh boladek yig‘lay boshlashadi? Quvonch ko‘z yoshlari!?.... SAFSATA!
Hech qachon inson qalbi quvonchu-shodlikka to‘lganda yig‘lamaydi. Har bir inson ikki holatda yig‘lashi mumkin. Birinchisi - Xudoni sizga bo‘lgan muhabbatini his qilganingizda, xalqingizni sizga bo‘lgan muhabbatini his qilganingizda va yaqinlaringizni muhabbatini his qilganingizda. Muhabbat insoniyatning asl mohiyatini anglatadi. Ikkinchisi tana yoki qalbda og‘riqni his qilganingizda yig‘lashingiz mumkin.
Ustozlar aytishadi: - Har bir boshlangan yo‘l o‘zida allaqachon oxirini saqlaydi! Allaqachon!? Ey Xudoyim, bu narsani sizga qanday qilib tushuntirib bersam ekan?... O‘zimni beso‘naqay so‘zlarim bilan qanday qilib tushuntirib beraman?... Men ustozlar deganda payg‘ambarlar, olimlar, valiylar, yetakchilar umuman olganda insonning ilohiy qobiliyatini namoyish qila olganlarni nazarda tutayapman.
Biz mavzudan chetga chiqib biroz boshqa yo‘ldan yurayotgandek taassurot o‘yg‘otmayaptimi? Yo‘-o‘-o‘q! Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz! Axir hammamiz ham o‘zbek futboli dunyo darajasida ulkan muvaffaqiyatni qo‘lga kiritishini juda-juda xohlaymiz. Fikrimga qo‘shilasizmi? Unda muvaffaqiyatni asl mohiyatiga yetmasdan qanday qilib dunyo darajasida muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin?
Qarshimizda har doim ikkita yo‘l bor. Uchinchi yo‘l mavjud emas! Birinchisi - borsa kelar. Ikkinchisi - borsa kelmas. G‘alaba yoki mag‘lubiyat. Kuchlilik yoki ojizlik. Ishonch yoki qo‘rquv. Topib ko‘ringchi, biz qaysi yo‘ldamiz? Umuman olganda o‘zbek futbolining rivojlanish yo‘li mavjudmi? Yo‘l nimani anglatadi? Manzildan manzilga yetib olishni anglatadi. O‘zbek futbolining yetib bormoqchi bo‘lgan manzili qayerda?
O‘zbek futboli jamoatchiligi O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga chiqishini juda va juda istaydi. Bu bizning azaliy orzularimizdan biridir. Ho‘sh, keyinchi? Keyin, mavhumlik.... Mavhumlik nimani anglatadi? Bizda u yoqda, ya’ni jahon chempionatining final bosqichiga yo‘l yo‘qligini anglatadi! Siz nima deb o‘ylagandingiz, tasodifan jahon chempionatiga chiqishni orzu qilasizmi? Hayotda hech qanaqa tasodiflik yo‘q! Butun olam tartib ustiga qurilgan, barcha narsalar qonunga binoan sodir bo‘ladi. Hatto O‘zbekiston terma jamoasining shu paytgacha jahon chempionatiga chiqa olmagani ham qonuniyatga binoan sodir bo‘layapti. Qonun biz istaymizmi, istamaymizmi baribir amal qilaveradi.
Qonunni o‘rganish kerak! Ana shundagina biz futbolimiz muvaffaqiyati uchun eng to‘g‘ri, eng qisqa va eng natijali yo‘lni tanlay olamiz. Keling, mantiqchasiga tushuntiraman.
Mana, masalan, faraz qiling qarshingizda tog‘ turibdi, toqqa yetib borguncha qir-adirlar bor, siz esa shu tog‘ning cho‘qqisiga chiqishni orzu qilayapsiz. Qir-adirlar, bu jahon chempionati saralash bosqichi. Tog‘ esa jahon chempionati final bosqichini anglatadi. Yo‘l, bu - siz turgan joydan toki tog‘ning cho‘qqisigacha bo‘lgan masofani anglatadi. Siz yo‘l yurib, saralashlardan o‘tib, horib, charchab tog‘ yoniga keldingiz deylik. Pastdan turib cho‘qqiga tikilganingizda qalbingizda qo‘rquv va vahima aralash: - Uh-h-hu, bu toqqa chiqib bo‘lmaydi, bu juda ham qiyin-ku!, - degan fikr paydo bo‘ladi. Fikrimga qo‘shilasizmi? Yoki shunday emasmi?
Insonda qo‘rquv tuyg‘usi qachon paydo bo‘ladi? Mavhumlikdan, notanishlikdan, jarayonga moslasha olmaslikdan, ko‘nika olmaslikdan har bir inson qalbida qo‘rquv tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Futbolchilarimizda qo‘rquv tuyg‘usini yo‘qotish va ularni jahon maydonlarida o‘z mahoratlarini to‘la namoyish qilgan holda maqsad sari dadil odimlamoq uchun nima qilmoq kerak?
Kim bo‘lishingizdan qa’tiy nazar murabbiymi, futbolchimi, amaldormi, mutaxassismi, jurnalistmi yoki muxlismi farqi yo‘q, sizga biror marta bo‘lsada, futbol olimpining cho‘qqisiga chiqish nasib qilganmi?
Men xayolan dedim! Agar shu vaqtgacha cho‘qqiga chiqib ko‘rmagan bo‘lsangiz sizga vazifa, xayolan futbol olimpining cho‘qqisiga chiqib ko‘ring va u yerdan butun dunyo futbol gorizontini tomosha qiling. Ana shunda siz aniq ko‘ra boshlaysiz, yumronqoziq o‘z inida nima qilayotganini emas, balki ravon yo‘lni ko‘ra boshlaysiz, shu vaqtgacha qilgan xatolarimizni va imkoniyatlarimizni ko‘ra boshlaysiz. Kafolat beraman, mendan ham ko‘proq narsalarni ko‘ra boshlaysiz, imkoniyatlarimizni payqay boshlaysiz, "O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempioni bo‘lishi uchun nima qilmoq kerak?", - degan savolga javoblarni aniq topa boshlaysiz.
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov shaxmat toji uchun kurashda Anatoliy Karpovni qanday mag‘lub qilgani esingizdami? Garri Kasparov o‘rnidan turib u yondan, bu yondan hatto Karpovning orqa tarafidan shaxmat doskasiga qarar edi va eng yaxshi yurishlarni payqab qolardi. Maqsadga faqatgina bitta rakursdan qarash unchalik ham effektli emas. Muvaffaqiyat har tomonlama yondashuvni talab qiladi.
Bitta maqsadga erishishni minglab, millionlab uslublari mavjud. Ya’ni, tog‘ning cho‘qqisiga siz uchun qulay bo‘lgan xohlagan tomonidan chiqishingiz mumkin. Ammo, bugungi kunda futbolchilarimiz qarshisida hal qilinishi lozim bo‘lgan bitta katta muammo mavjud.
YO‘L - futbolimizni bugungi holatidan, darajasidan toki jahon kubogigacha bo‘lgan masofani anglatadi. Biroq futbolchilarimizda jahon kubogini orzu qilish uchun ishonch shakllanmagan. Mana muammoimiz qayerda. Har bir futbolchimiz jahon maydonlarida o‘zini qulay va erkin his qilgan holda o‘z mahoratlarini to‘la namoyon qilishi va maqsad sari dadil borishi uchun ongli tarzda qonuniyatdan foydalanib ishonchni shakllantirish mumkin.
Buning uchun futbolchilarimizni o‘qitish, o‘qitish, va yana o‘qitish talab qilinadi. Bu eng qisqa, eng arzon, eng samarali va eng natijali usuldir. Qadrdonlarim, butun futbol ilmining kaliti bizning, o‘zbeklarning qo‘lida turibdi. Meni birinchi maqsadim o‘zbek futbol jamoatchiligi e’tiborini bunga qaratishdir. Shu bilan birga mening o‘zbek futboli oldidagi vazifam - g‘oyani targ‘ib qilish, g‘oyaga nisbatan futbolchilarimizda ishonchni shakllantirish uchun o‘qitish va tayyorlash eng dolzarb masala ekanligini aniq bilaman.
Xo‘sh, boshladikmi!?
Ruhshunos murabbiy: Maxmayusuf Berdiyev
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi