Angliyaning eng kuchli klublaridan biri “Manchester Siti” yangi mavsum oldidan jamoa ichidagi asosiy masalalarni muhokama qilmoqda. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola matbuotga qilgan so‘nggi chiqishida jamoa markaziy himoyasi hamda mavsumga qo‘ygan asosiy talabi haqida to‘xtaldi.
Ispaniyalik mutaxassis ayni paytda jamoada muhim rol o‘ynayotgan Ruben Diash – Jon Stounz juftligini alohida e’tirof etdi.
“Albatta, ular juda muhim. Har ikkisi ham jamoa o‘yinini mustahkamlab turishda katta ahamiyatga ega. Biroq shu bilan cheklanib qolmaymiz — Yoshko Gvardiol, Manuel Akanji, Natan Ake va yosh iqtidor Abduqodir Husanov ham klub uchun birdek zarur futbolchilar hisoblanadi. Har biriga ishonchim katta va ularning borligi biz uchun ulkan imkoniyatdir”, — dedi Gvardiola.
Shuningdek, mashhur murabbiy yangi mavsum oldidan eng katta orzusi va asosiy talabini ham oshkor qildi.
“Mavsum boshlanishi arafasida mening yagona istagim bor — bu jamoaning sog‘lom bo‘lishi. Jarohatlar futbolning ajralmas qismi, ammo o‘tgan mavsumdagidek ko‘payaverishi mutlaqo kerak emas. Futbolchilarning maydonga chiqib, raqobat qila olishi men uchun eng katta yutuq va muhim jihat hisoblanadi”, — deya ta’kidladi ispaniyalik mutaxassis.
Shu tariqa, Gvardiola jamoa tarkibidagi har bir futbolchiga ishonch bildirib, asosiy maqsad — barqarorlik va sog‘lom raqobat muhitini saqlab qolish ekanini ochiqcha bildirdi. Muxlislar esa endi yangi mavsumda “Manchester Siti” qanday natijalar qayd etishini katta qiziqish bilan kutmoqda.
Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida ham gapirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar