Ispaniya chempionati yangi mavsumi start oldi va ilk turda “Barselona” muxlislariga kutilganidan ham yaxshi kayfiyat ulashdi. Kataloniya grandi maydonda “Malorka”ga qarshi bahsda kuchli o‘yin namoyish qilib, raqibini yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv davomida “ko‘k-anorranglilar”ning barcha futbolchilari bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishdi. Ammo alohida e’tiborga sazovor epizod — jamoaning uchinchi goli hisoblandi. Ushbu golni vinger Lamin Yamal urdi. Bu u uchun La Ligadagi 15-urinishi hisoblanadi. Qayd etish joizki, mazkur ko‘rsatkich orqali yosh futbolchi o‘z nomi bilan tarixga kirdi, deb yozdi “Opta Sports”.
Eng qizig‘i, Yamal XXI asrda Ispaniya chempionatida bunday natijaga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. Uning yoshi o‘sha paytda bor-yo‘g‘i 18 yosh va 34 kun edi. Bu bilan u o‘zidan avvalgi rekord sohibi bo‘lgan Ansu Fatini ortda qoldirdi. Fati o‘z vaqtida 15-golini La Ligada 19 yosh va 188 kunlik davrida kiritgan edi.
Shu tariqa, Lamin Yamal nafaqat jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi, balki shaxsiy rekordini ham yangilab, klub tarixi uchun muhim raqamni qayd etdi. Bu holat “Barselona” muxlislarini yanada quvontirdi va yosh vingerdan katta umidlar bog‘lanishini yana bir bor ko‘rsatdi.
Muxlislar endi Yamalning keyingi turlarda qanday natijalar ko‘rsatishini, uning rivojlanishi qay yo‘sinda davom etishini qiziqish bilan kuzatishmoqda. Chunki bu yosh futbolchi hozirdanoq kelajak yulduz sifatida tilga olinmoqda.
“Barselona” vingeri Lamin Yamal Ansu Fatining rekordini yangiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar