O‘zbekistonda yangi 2025/2026-o‘quv yili qachondan boshlanishiga oydinlik kiritildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda dars jarayonlarining boshlanish sanasi rasman tasdiqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va universitetlar hamda institutlardagi 1-bosqich talabalari uchun darslar 2025 yil 3 sentyabrdan boshlanadi. Shu bilan birga, oliy ta’lim tashkilotlarida 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun darslar 8 sentyabrdan boshlanishi belgilandi.
Ta’lim sohasi mas’ullari ta’kidlashicha, yangi o‘quv yilida birinchi bosqichga qadam qo‘ygan talabalar uchun maxsus dasturlar tayyorlangan. Jumladan, “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi va “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari tashkil etiladi. Bu dasturlar yoshlarni oliygoh hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ularning mustaqil o‘qish va izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Haftalik doirasida talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, afzalliklari va imkoniyatlari batafsil tushuntiriladi. Shuningdek, tanlov fanlarini to‘g‘ri va maqsadli tanlash masalalari yuzasidan tavsiyalar beriladi. Talabalar akademik halollik qoidalari, kasbiy va shaxsiy rivojlanish yo‘llari haqida ham muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Yangi o‘quv yili qachondan boshlanishi malum qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar