Fransiya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan «PSJ» – «Anje» (1:0) uchrashuvi nafaqat natijasi, balki muhim voqeasi bilan ham tarixda qoldi. «Park de Prens»dagi bahsdan keyin Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarumma parijlik muxlislar bilan xayrlashdi.
26 yoshli iqtidorli darvozabonga aynan ushbu uchrashuvdan so‘ng xayrlashuv marosimi tashkil etildi. U muxlislarga qo‘l silkib minnatdorchilik bildirdi va bir necha yil davomidagi qo‘llab-quvvatlov uchun o‘z tashakkurini bildirdi.
APL klublari diqqat markazida
Kechagi voqeadan so‘ng Donnarummaning kelgusi faoliyati bo‘yicha savollar yanada orta boshladi. Ayniqsa, Angliyaning ikki yirik klubi – «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» uni o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.
Manbalarga ko‘ra, hozirda darvozabon aynan «Siti» bilan muzokara jarayonida. Agar kelishuv ijobiy yakun topsa, u tez orada «shaharliklar»ning yangi transferi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.
Parijdagi sayohat yakunlanmoqda
Janluiji «PSJ» safidagi faoliyati davomida muxlislarni qator marotaba qutqargani, muhim uchrashuvlarda o‘z mahoratini namoyon etgani bilan yodda qolgandi. Endi esa uning yo‘li Angliya chempionatiga olib chiqishi mumkin.
Futbol tahlilchilari fikricha, Donnarummaning APLga kelishi chempionatdagi raqobat darajasini yanada yuqorilashiga xizmat qiladi. Parijdagi xayrlashuv esa yangi sahifaning boshlanishi sifatida tarixda qoldi.
Donnarumma «PSJ» bilan xayrlashdi, endi APLga yo‘l olmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar