date

Oddiy sharbat ham dorini zaharga aylantirishi mumkin

Oddiy sharbat ham dorini zaharga aylantirishi mumkin

Ba’zi ovqatlar dorilarning ta’sirini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Oddiy meva yoki ichimlik ham dorini haddan tashqari kuchaytirib yoki aksincha, foydasini kamaytirib qo‘yadi.

Masalan, Hindistonda bir bemor dori ichib, ustidan anor sharbati ichganida dori ta’siri keskin oshib, sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan. Mevali sharbat ham ko‘plab dorilarni qonga tez singdirib, zararli darajaga yetkazishi mumkin.

Aksincha, sut yoki tolaga boy ovqatlar ayrim antibiotiklarning samaradorligini pasaytiradi. Ya’ni, dori kerakli darajada ishlamay qolishi mumkin.

Shifokorlar ayrim hollarda bu jarayonni foydali yo‘nalishda qo‘llash mumkinligini aytishmoqda. Masalan, saraton davosida ma’lum dietalar dorilar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Mutaxassislar dorilarni ichayotganda ovqatlanish tartibini ham hisobga olishni tavsiya etadi. Kelajakda esa bemorlarga dorilar bilan birga maxsus ovqatlanish rejasi ham tavsiya qilinishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Oddiy sharbat ham dorini zaharga aylantirishi mumkin