18:41 / 10.06.2020
2 818

"Nasaf" futbolchisining yuziga tupurgan Shavkat Salomovga qanday intizomiy chora ko‘rildi?

"Nasaf" futbolchisining yuziga tupurgan Shavkat Salomovga qanday intizomiy chora ko‘rildi?
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sanksiyalar qo‘llanildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Coca Cola Superliga

Uchrashuv: “Surxon” – “Nasaf”
Jarimaga tortildi: Shavkat Salomov (“Surxon” futbolchisi )
Sabab: Raqib futbolchisining yuziga tuflagani va tajovuzkor xatti-harakati uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

Uchrashuv: “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona”
Jarimaga tortildi: Shavkat Mullajonov (“So‘g‘diyona” futbolchisi )
Sabab: Raqib futbolchisining oyoqlariga (tizza qismiga) zarba bergani uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

U-18 Birinchiligi
Uchrashuv: “Qizilqum U-18” – “Surxon U-18”
Jarimaga tortildi: Alisher Mahmudov (“Qizilqum U-18” futbolchisi )
Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan oyog‘i bilan zarba bergani uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya

Uchrashuv: “Qo‘qon-1912 U-18” – “So‘g‘diyona U-18”
Jarimaga tortildi: Otabek Qodirov (“Qo‘qon-1912 U-18” futbolchisi)
Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan tirsagi bilan zarba bergani uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya

Uchrashuv: “Qo‘qon-1912 U-18” – “So‘g‘diyona U-18”
Jarimaga tortildi: Nurmuhammad Sayimnazarov (“So‘g‘diyona U-18” futbolchisi)
Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan musht bilan zarba bergani uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya

Uchrashuv: “Surxon U-18” – “Nasaf U-18”
Jarimaga tortildi: Azamat Jo‘ramurodov (“Surxon U-18” murabbiyi )
Sabab: Hakam sha’niga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

Futzal bo‘yicha XXIV O‘zbekiston chempionati

Uchrashuv: “Navbahor” – “Xuaxin”
Jarimaga tortildi: Ilhom Yusufjonov (“Navbahor” futzalchisi )
Sabab: Hakam sha’niga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima

Uchrashuv: “Maksam-Chirchiq” – “Lokomotiv”
Jarimaga tortildi: Ahad Yusupov (“Lokomotiv” futzal jamoasi murabbiyi)
Sabab: Hakam sha’niga nomaqbul gaplar ishlatgani uchun
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya va moddiy jarima.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" futbolchisining yuziga tupurgan Shavkat Salomovga qanday intizomiy chora ko‘rildi?