22:19 / 13.06.2020
2 444

Vadim Abramov: 3-4 o‘yindan keyin kerakli formaga kirib olamiz

Vadim Abramov: 3-4 o‘yindan keyin kerakli formaga kirib olamiz
“Bunyodkor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi Coca Cola Superliganing 4-tur uchrashuvi yakunlangach, “qaldirg‘ochlar” ustozi Vadim Abramov ham matbuot anjumanida ko‘rinish berdi. Abramov bahs haqidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

“Uzoq tanaffusdan keyin futbolni sog‘ingan edik. O‘yinda tashabbusga ega bo‘ldik deya olaman. Ayniqsa, birinchi taymda yaratgan vaziyatimizdan keyin raqib yaxshi himoyalana oldi. Ikkinchi taymda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik va yakunda g‘alabani qo‘lga kiritdik”.

– Bugun hujumga nuqta qo‘yishda muammolar ko‘p bo‘ldi
– Yakuniy o‘y bilan xulosani maydonda futbolchi chiqaradi. Bu ularning qaroriga bog‘liq. Katta tanaffusdan keyin, menimcha, yomon futbol ko‘rsatmadik. To‘g‘ri, ba’zi vaziyatlarda yigitlarning qaror chiqarishida kamchiliklar bo‘ldi. Ammo bu umumiy holatga yomon ta’sir o‘tkazmadi, deb o‘ylayman.

– Jamoa yaxshi formaga kirib olishi uchun qancha vaqt kerak?
– Mashg‘ulot o‘yini bilan rasmiy uchrashuvlarni farqi bor. O‘ylashimcha, 3-4 o‘yindan keyin kerakli formani yig‘ib olamiz. Bugun e’tiroz bo‘ladigan ko‘p jihatlar ham shu kabi kamchiliklarga bog‘liq. Umuman, hamma klublar hozir bir xil vaziyatda. Bugun “Barsa”ni ham qanday o‘yin ko‘rsatishiga guvoh bo‘lamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: 3-4 o‘yindan keyin kerakli formaga kirib olamiz