23:36 / 06.07.2020
2 841

Andrey Shipilov: "Nasaf"ni tabriklayman, lekin durang adolatli natija bo‘lardi"

Andrey Shipilov: "Nasaf"ni tabriklayman, lekin durang adolatli natija bo‘lardi"
Coca Cola Superligasining 8-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bu shaharda, bu stadionda o‘ynash doim zavq bag‘ishlaydi. Oxirigacha sabr qila olmadik, "Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Lekin durang adolatli natija bo‘lardi deb o‘ylayman. Ular o‘z o‘yinlarini o‘ynashdi, biz o‘z vazifamizni bajardik. To‘rtinchi safardagi o‘yin o‘tkazdik, baribir og‘ir. "Nasaf"dek yaxshi jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazdik", - deydi Shipilov.

- Zohid Abdullayev so‘nggi paytlarda kam maydonga tushmoqda...
- Abdullayevga ham vaqtida imkoniyat bergandik, hozir boshqa futbolchiga imkoniyat berayapmiz. Tarkibda o‘zgarishlarni amalga oshirib borayapmiz. Futbolchilarni jarohatdan saqlash uchun ham tarkibda rotatsiya qilayapmiz.

- O‘tgan yil Qarshida "Nasaf"ni mag‘lub etgandingiz. Bu yil va o‘tgan yilgi o‘yinni taqqoslay olasizmi?
- Oldingi yilda ham "Nasaf" yaxshi o‘ynagandi. Tarkibga 88-raqamdagi legioner qo‘shilgan (Marko Stanoyevich). Yigitlar bir yoshga katta bo‘lishdi. Jamoada yaxshi murabbiylar shtabi ishlamoqda. "Nasaf" to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Shipilov: "Nasaf"ni tabriklayman, lekin durang adolatli natija bo‘lardi"