13:45 / 19.01.2021
2 274

O‘zbekistonlik "Kichik Tayson"ning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik "Kichik Tayson"ning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik professional bokschi Olimjon Nazarovning 27 fevral kuni Vetnamda jang qilishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumki, u Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik klubi bilan hamkorlik qiladi. "Kichik Tayson" deya ataluvchi hamyurtimiz o‘ta yengil vazn (50.8 kg) toifasida WBO Oriental kamari sohibi sanaladi. Saytimizga yosh murabbiy Bobur Najmiddinovning ma’lum qilishicha, Nazarov filippinlik Rikardo Suyenoga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jangda yurtdoshimiz o‘z titulini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, "Oqtepa" klubi tarbiyalanuvchisi Olimjon Nazarov professional faoliyati mobaynida 25 ta g‘alaba, 5 mag‘lubiyat qayd etgan. Raqiblarini 14 bora nokautga uchratgan. Raqibining ko‘rsatkichi esa 10 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 4 durangdan iborat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik "Kichik Tayson"ning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi