09:30 / 13.02.2021
2 723

"Jenoa" klubi bosh murabbiyi matbuot anjumanida nimalar dedi?

"Jenoa" klubi bosh murabbiyi matbuot anjumanida nimalar dedi?
Italiya chempionati 22-turida "Torino" - "Yuventus" bellashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Uchrashuvdan oldin jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi va unda genuyaliklar ustozi Davide Ballardini o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda gazzetta.it nashri xabar berdi.

- "Torino"ga qarshi o‘yin? Biz bu bellashuvga barcha uchrashuvlardagi kabi qaraymiz. Jamoa doimgi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi.

Men qiyin bahs bo‘lishini kutmoqdaman. Raqib texnik va jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlikka ega. Davide Nikola kelgach "Torino" futbolchilarining harakatlarida o‘zgarishlar qilmoqda. Ular barqarorlikka e’tibor qaratishmoqda. Biz ham ushbu o‘yinga yaxshi hozirlik ko‘rdik hamda mashg‘ulotlarda doimgidek ishladik.

"Jenoa" futbolchilari "Torino" bosh murabbiyi Davide Nikolani yaxshi bilishi ertangi bahsda ularga qo‘l keladimi? Men bunday deb o‘ylamayman. Chunki barcha o‘zgaradi. U ham o‘zgarishlar qilganligi aniq. Shu bois ertaga qiyin o‘yin kutmoqdaman
, - dedi Davide Ballardini.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" klubi bosh murabbiyi matbuot anjumanida nimalar dedi?