19:20 / 13.02.2021
2 135

Bektemir Meliqo‘ziyev 14 fevral tongida amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyev 14 fevral tongida amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi
Foto: Instagram
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) 14 fevral, yakshanba tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

AQSHda bo‘lib o‘tadigan ushbu jangda Bektemirga mezbon sportchi Morgan Fitch (19-4-1, 8 KO) raqiblik qiladi. Jang 8 raunddan iborat bo‘ladi.
Boks kechasi Toshkent vaqti bilan 05:00 da boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston telekanallari orqali efirga uzatilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada yana bir o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov ham jang qilishi belgilangandi. Biroq uning raqibi Deyvi Xulio belgilangan muddatga qadar komissiya tasdig‘idan o‘ta olmagani bois jang bekor qilingan.

Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomining asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn toifasi (-58,9 kg) vakillari Jozef Dias (31-1, 15 KO) hamda asli tojikistonlik Shavkat Rahimov (15-0, 12 KO) o‘rtasida kechadi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev aslida 30 yanvar kuni yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi, rossiyalik Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) bilan jang qilishi lozim edi. Biroq Kovalyovda doping aniqlangani bois jang bekor qiligandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev 14 fevral tongida amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi