22:22 / 13.02.2021
2 543

Jasur Yaxshiboyev "Legiya"ga o‘tganidan so‘ng nimalar dedi?

Jasur Yaxshiboyev "Legiya"ga o‘tganidan so‘ng nimalar dedi?
Polshaning "Legiya" klubi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan Jasur Yaxshiboyev yangi klubga ko‘chib o‘tgach, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Belarusda hujumda to‘p tepdim. Menga aynan ushbu ampluada o‘ynash yoqadi. "Paxtakor"da o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynar edim, qolaversa, o‘yin amaliyoti kam edi. Shu bois, Toshkentda kam gol kiritganman. YouTube orqali "Legiya"ning qanday klub ekanligini ko‘rdim. Bundan oldin jamoa YECHLda o‘ynashi haqida bilar edim", - dedi Yaxshiboyev.

Ma’lumot uchun, "Legiya" klubi 1916 yil mart oyida tashkil etilgan. Uy o‘yinlarini 31800 tomoshabinga mo‘ljallangan "Voyska Polskogo" stadionida o‘tkazib keladi. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Cheslav Mixnevich boshqarib bormoqda.

"Legiya" 14 marta mamlakat chempioni bo‘lgan, 19 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan va 4 bor Polsha Superkubogida g‘olib bo‘lgan.

O‘tgan mavsum Polsha chempioni bo‘lgan klub ayni paytda milliy chempionatda 16ta turdan so‘ng 32 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Pogon" klubida 34 ochko mavjud. Bugungi kunda "Legiya" safida Artur Borus, Tomash Pekxart, Bartosh Kapustka kabi mashhur futbolchilar to‘p tepishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Yaxshiboyev "Legiya"ga o‘tganidan so‘ng nimalar dedi?