07:56 / 15.05.2021
1 871

Suxrob Nurulloyev: "Nasaf" bugungidan ham yaxshiroq o‘ynay oladi"


Qirg‘izistonning "Oloy" jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari katta ustunlikka ega bo‘lishdi va bu hisobda ham aks etdi, 4:0. "Nasaf"ning o‘yindagi ilk goliga zaxiradan maydonga tushgan Suxrob Nurulloyev mualliflik qildi. Ushbu bahsdan so‘ng Nurulloyevning fikrlariga quloq tutdik.

- Har qanday musobaqada birinchi o‘yin qiyin bo‘ladi. Futbolchilarda hayajon bo‘lishi tabiiy. "Oloy" bilan kechgan to‘qnashuvda o‘yin ham, hisobdagi ustunlik ham "Nasaf" tomonida bo‘ldi. Mazkur bahs jamoa uchun qay darajada oson va qiyin o‘tdi?
- Musobaqadagi ilk o‘yinimiz bo‘lgani uchun ozgina qiynaldik. Boz ustiga jamoamizdagi aksariyat futbolchilar bunday turnirda ilk bor ishtirok etayotgandi. Birinchi bo‘limda bir nechta yaqqol golli vaziyatlardan foydalanganimizda bosimdan halos bo‘lardik. "Oloy" shunday o‘ynashidan xabarimiz bor edi. Goldan so‘ng o‘yinimiz yanada ochilib ketdi. Bu dastlabki bahs. G‘alaba tarixda qoldi. Endi navbatdagi o‘yinlar haqida o‘ylashimiz zarur.

- Xalqaro turnirlardagi birinchi g‘alaba hamma jamoaga turlicha ta’sir qiladi. Qaysidir klubda futbolchilar xaddan tashqari ruhlanib ketishadi yoki aksincha e’tibor bermay, o‘yinni unutib e’tiborni jamlab olishadi. Yirik hisobdagi g‘alaba "Nasaf"ga qaysi tomonlama ta’sir qiladi?
-  Oldimizga har bir o‘yinda yaxshi natija ko‘rsatish va guruhdan chiqish maqsadi qo‘yilgan. Xudo xohlasa buni amalga oshirib muxlislarni xursand qilamiz. Yuqorida ta’kidlaganimdek bor e’tiborimiz keyingi o‘yinga qaratilgan. 

- Guruhdagi ikkinchi o‘yinda "Xo‘jand" va "Oltin asr" o‘zaro durang o‘ynashdi. "Nasaf"ning guruh bosqichidagi asosiy raqobatchisi qaysi jamoa bo‘ladi?
- Guruh bosqichi bitta o‘yinlardan iborat bo‘lgani uchun barcha bor kuchi bilan maydonga chiqmoqda. Qaysidir jamoani kuchli yoki kuchsiz demayman. Biz faqat o‘z o‘yinimizni o‘ylashimiz lozim. Murabbiyimizning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarsak bugungidan ham yaxshiroq o‘ynay olamiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suxrob Nurulloyev: "Nasaf" bugungidan ham yaxshiroq o‘ynay oladi"