09:02 / 03.07.2021
2 237

Masharipovni qaytarish uchun "Al-Nassr" boshqa bir futbolchisi bilan xayrlashdi


Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi janubiy koreyalik futbolchi Kim Jin Suni ijaraga berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Janubiy Koreyaning "Jonbuk" jamoasi himoyachini bir mavsumga ijaraga oldi. Kim Jin yangi jamoasi safida 23-raqam ostida harakat qiladi. Futbolchi o‘tgan mavsum 7 uchrashuvda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, saudiyaliklar qishda Jaloliddin Masharipovni xarid qilib, osiyolik legioner limiti bandligi uchun uni "Shabab Al-Ahli"ga ijaraga bergandi. Kim Jinning transferidan ko‘rinib turibdiki, "Al-Nassr" o‘zbekistonlik yarim himoyachini qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipovni qaytarish uchun "Al-Nassr" boshqa bir futbolchisi bilan xayrlashdi