
Yoz oxirida futbol muxlislarini yana katta turnir – CAFA Nations Cup 2025 kutyapti. Bu yil musobaqa o‘z formatida yanada ko‘lamli va qiziqarli bo‘ladi. 29 avgustdan 8 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan musobaqada mehmon sifatida Malayziya va O‘mon terma jamoalari ham ishtirok etadi – bundan avvalgi turnirlarda bunday tajriba kuzatilmagan.
Yaqinda o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimiga ko‘ra, O‘zbekiston “A” guruhidan o‘rin oldi va mezbon sifatida Toshkentda Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston va O‘monga qarshi maydonga chiqadi. Muxlislar uchun alohida qiziqarli jihat – guruhdagi bahslar va final uchrashuvi aynan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. “V” guruhi esa Tojikiston mezbonligida Dushanbeda o‘tkaziladi – bu guruhda esa Tojikiston, Eron, Afg‘oniston va musobaqaga taklif etilgan Malayziya termalari kurash olib boradi.

Musobaqa formatiga ko‘ra, har bir guruhdagi jamoalar aylanma tartibda bahs olib boradi va final yo‘llanmalari uchun jiddiy raqobat bo‘ladi. Jamoalar o‘rtasidagi kurash, ayniqsa, O‘zbekiston va Tojikiston mezbonligidagi o‘yinlarda maksimal kayfiyat va intrigaga to‘la bo‘lishi kutilmoqda.
O‘tgan yilgi turnir natijalari va yangi qatnashchilarning qo‘shilishi sabab, bu yil CAFA Nations Cup nafaqat Markaziy Osiyo, balki Osiyo mintaqasidagi eng nufuzli va qiziqarli musobaqalardan biriga aylanadi. Malayziya va O‘monning qatnashishi raqobat darajasini yanada oshirib, turnirda kutilmagan sensatsiya va dramatik o‘yinlar bo‘lishini kafolatlaydi.
E’tiborli tomoni, “A” guruhidagi barcha uchrashuvlar va final Toshkentda o‘tsa, “V” guruhi va 3-o‘rin uchun bahslar Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu esa har ikki mamlakat futbol muhiti uchun katta tajriba va yangi sahifa bo‘ladi.
Muxlislar va mutaxassislar bu yilgi CAFA Nations Cup'da yangi yulduzlarning porlashini, jamoalarning haqiqiy sinov va tarixiy yutuqlarga erishishini kutyapti. 29 avgustdan boshlanadigan turnir Osiyo futboli uchun yana bir yorqin sahifa ochishi aniq! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar