date

Yandex foydalanuvchilari xayriya uchun 1,6 mlrd rubldan ortiq mablagʻ yigʻishdi

Yandex foydalanuvchilari xayriya uchun 1,6 mlrd rubldan ortiq mablagʻ yigʻishdi

Yandex kompaniyasining “Pomosh ryadom” jamg‛arma hisobotiga koʻra, 2025-yilda notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlashning umumiy hajmi 2,2 mlrd rubldan oshdi. Ushbu mablagʻning 1,6 mlrd rubli foydalanuvchilar tomonidan oʻkazilgan boʻlib, Yandex kompaniyasining oʻzi bu summaga yana 673 mln rubl qoʻshib berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Besh yil davomida 1,6 milliondan ortiq kishi Yandex servislaridagi buyurtmalar narxini yaxlitlash orqali ushbu tashabbusga qoʻshildi. Faqatgina narxlarni yaxlitlash hisobiga 1,5 mlrd rubldan ortiq mablagʻ jamlandi. Ushbu mablagʻlar oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar xarid qilish, taksi xizmatlarini tashkil etish va posilkalarni yetkazib berishga yoʻnaltirilmoqda.

2025-yilning 27-dekabr kuni xayriya boʻyicha rekord natija qayd etildi — bir kunda foydalanuvchilar 2,58 mln rubl miqdorida yaxlitlashni amalga oshirishdi. Eng koʻp xayriya yigʻilgan servis “Yandex Taksi” boʻldi: foydalanuvchilar 120 million martadan ortiq safar narxini yaxlitlab, 998 mln rubldan koʻproq mablagʻ toʻplashdi.

Shuningdek, oziq-ovqat buyurtmalari ham muntazam yordam manbaiga aylandi. “Yandex Eda” va “Delivery” foydalanuvchilari yaxlitlash orqali 267 mln rubldan ortiq xayriya qilishdi. Besh yillik yubiley hisoboti munosabati bilan “Yandex Lavka” va “Yandex Muzey” dagi maxsus mahsulotlar sotuvidan tushgan mablagʻning bir qismi ham xayriyaga yoʻnaltiriladi.

“Pomosh ryadom” jamg‛armasi texnologiyalar yordamida ijtimoiy muammolarni hal qilishda notijorat tashkilotlarga koʻmaklashadi. Jamg‛arma taksi va yetkazib berish xizmatlarini tashkil etishdan tashqari, Yandex servislaridan foydalanish imkoniyatini beradi va ijtimoiy reklama uchun grantlar ajratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yandex foydalanuvchilari xayriya uchun 1,6 mlrd rubldan ortiq mablagʻ yigʻishdi