Xiaomi kompaniyasining yangi Poco Pad C1 plansheti 150 dollardan sotuvga chiqdi

Xiaomi kompaniyasi oʻzining Poco subbrendi ostidagi eng yangi plansheti — Poco Pad C1 modelining xalqaro savdosini boshladi. Hozirda qurilma Malayziya, Singapur va Tailand bozorlarida rasman sotuvga chiqarildi. Ushbu planshet avvalroq taqdim etilgan Poco Pad M1 modelining ixchamroq va hamyonbop muqobili hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Osiyo bozorida Poco Pad C1 xaridorlarga ikki xil rangda — koʻk (Blue) va kulrang (Grey) variantlarida taklif etilmoqda. Xotira konfiguratsiyasiga koʻra, planshetning ikki xil versiyasi mavjud. 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega bazaviy model mintaqaga qarab taxminan 130–150 dollar atrofida baholangan.
Qurilmaning yuqori talqiniga 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira oʻrnatilgan boʻlib, uning narxi taxminan 180 dollarni tashkil etadi. Poco Pad C1 texnik jihatdan Qualcomm Snapdragon 6s 4G Gen 2 chipsetiga asoslangan boʻlib, u kundalik vazifalar va multimedia uchun yetarli quvvatni taʼminlaydi.
Planshet 9,7 dyuymli IPS ekranga ega boʻlib, uning tasvir aniqligi 2048 x 1280 pikselni, kadrlar yangilanish chastotasi esa 120 Hz ni tashkil qiladi. Qurilmaning akkumulyator sigʻimi 7600 mA/soat boʻlib, u 18 W quvvatlanish texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Planshetning oʻlchamlari 226,51 x 147,97 x 7,4 mm, ogʻirligi esa 406 grammga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!