Xiaomi Smart Band 10 Pro jahon bozoriga chiqdi: Narxi va xususiyatlari

Oʻtgan haftada Xiaomi kompaniyasi Xitoyda oʻzining yangi Smart Band 10 Pro fitnes-bilaguzugini taqdim etgan edi. Endilikda ushbu qurilma Xitoydan tashqarida, xususan, Yaponiya bozorida rasman sotuvga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi gadjet toʻrt xil koʻrinishda taklif etilmoqda: qora (Black), pushti (Pink), kumushrang (Silver) va alohida keramik korpusli (Ceramic Edition) talqinlar. Qurilmaning boshlangʻich narxi 68 dollarni tashkil etsa, top-versiya hisoblangan keramik korpusli model 87 dollardan sotilmoqda. Taʼkidlash joizki, yangi avlod Smart Band 9 Pro modeliga nisbatan taxminan 12 foizga qimmatlashgan.
Smart Band 10 Pro texnik jihatdan ancha kuchaytirilgan. U 1,74 dyuymli, 480 x 336 pikselli AMOLED ekranga ega boʻlib, uning eng yuqori yorqinligi 2000 nitga yetadi. Bu esa quyoshli kunda ham maʼlumotlarni aniq koʻrish imkonini beradi.
Qurilmaning avtonom ishlash vaqti ham hayratlanarli: 350 mA/soat sigʻimli akkumulyator bir marta quvvatlanish orqali 21 kungacha xizmat qiladi. Shuningdek, bilaguzuk 5ATM suv oʻtkazmaslik himoyasi, 200 dan ortiq interfeys mavzulari va 150 dan ziyod mashgʻulot rejimlariga ega.
Sogʻliqni nazorat qilish uchun qurilmaga yuqori aniqlikdagi yurak urishi (ChSS) va qondagi kislorod miqdorini (SpO2) oʻlchovchi datchiklar oʻrnatilgan. Shuningdek, GPS moduli yordamida foydalanuvchilar smartfonsiz ham yugurish marshrutlarini kuzatib borishlari mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!