date

Arthur Hayes: NEAR tokeni narxi 20 baravargacha oʻsishi mumkin

Arthur Hayes: NEAR tokeni narxi 20 baravargacha oʻsishi mumkin

BitMEX kriptovalyuta birjasi asoschisi Arthur Hayes Near Protocol tarmogʻining native tokeni boʻlgan NEAR 2027-yilga borib 20 baravar oʻsish salohiyatiga ega ekanligini maʼlum qildi. The Rollup podkastida soʻzga chiqqan Hayes NEAR narxining koʻtarilishiga asosiy sabab sifatida NEAR Intents funksiyasini koʻrsatdi. Ushbu texnologiya sunʼiy intellekt (AI) agentlariga aktivlarni turli blokcheynlar oʻrtasida koʻpriklar (bridges) yoki bir nechta hamyonlarsiz, maxfiy tarzda oʻtkazish imkonini beradi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Hayesning taʼkidlashicha, ushbu infratuzilma NEAR loyihasining kengroq AI-agent konsepsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Bunda avtonom ilovalar zanjir ichida (on-chain) toʻlovlar va savdo amallarini mustaqil bajarishi mumkin boʻladi. Ekspert NEAR istiqbolini soʻnggi bir yilda 1000 foizdan ortiq oʻsish qayd etgan Zcash (ZEC) maxfiylik kriptovalyutasi bilan bogʻladi.

Near Protocol ushbu trendning navbatdagi benefitsiariga aylanishi kutilmoqda, chunki u ZEC kabi maxfiy tokenlarni faqat bitta blokcheyn doirasida emas, balki butun kripto iqtisodiyoti boʻylab ishlatishga yordam beradi. Hayesning soʻzlariga koʻra, NEAR Intents yordamida har qanday kripto aktivni internet orqali anonim tarzda yuborish imkoniyati paydo boʻladi.

Arthur Hayes NEAR tokenini oʻzining eng asosiy spekulyativ garovlaridan biri sifatida koʻrsatib, uni ZEC va Hyperliquid (HYPE) bilan birga "muqaddas uchlik" deb atadi. Hayes ushbu token haqida ijobiy fikrlar bildira boshlaganidan beri NEAR narxi 90 foizdan ortiq oʻsishga erishdi. Tarixiy maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, Hayesning prognozlari treyderlar orasida katta qiziqish uygʻotib, bozor dinamikasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Arthur Hayes: NEAR tokeni narxi 20 baravargacha oʻsishi mumkin