O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-4 noyabr kunlari mamlakatimizda ob-havo keskin ravishda o‘zgarishini xabar qildi.
Respublikamiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 3 noyabr harorat keskin tushib, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 4 noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.
Shamol sharqdan g‘arbga sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.
Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Mamlakatimiz shimolida harorat 5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Poytaxtimiz Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan g‘arbga shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechgi vaqtga qadar +2-+7 darajagacha tushadi.
4-5 noyabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab harorat kechasi +2 darajagacha tushishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda 1-2 daraja sovuq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi