08:33 / 26.04.2024
113

Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi

Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Foto: Nozim Abdulla
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab” tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, dars paytida maktabda o‘quvchi va o‘qituvchilarning telefonsiz yurishiga erishgan Angren shahridagi 17-maktab jamoasiga 300 million so‘m pul mukofotini topshirdi. Bu haqda xabar bergan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulovning bildirishicha, mukofotni maktab jamoasiga shaxsan hokimning o‘zi topshirgan.

"Maktab jamoasining muvaffaqiyatga erishishiga siz ota-onalar sababchi bo‘ldingiz. Boshqalarga o‘xshab, “ey, bolamning telefonini olma”, deganingizda bu natija bo‘lmasdi", — dedi viloyat hokimi.

Zoir Mirzayev maktabga berilayotgan pul haqida gapirar ekan, pul maktab hisob raqamiga o‘tkazib berilishini aytib, “Bu pul sizlarniki, jamoatchilik bilan maslahatlashing va nimaga sarflashni lozim topsangiz, o‘zingiz bilasiz”, — dedi.

Viloyat hokimining ma’lumot berishicha, mazkur tashabbusni viloyatdagi 100 tadan ortiq maktab qo‘llab-quvvatlamoqda.
"Bu mukofot berilishini ko‘rishganidan so‘ng, maktablar 200 ta 300 ta bo‘ladi. Biz buni kuzatamiz. Ota-onaning fikrini olamiz", — dedi Toshkent viloyati hokimi.

Foto: Nozim Abdulla
Viloyat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, maktablarda o‘tkazilayotgan “Telefonsiz maktab” tashabbusi haqida ota-onalar fikrini o‘rganishda, shuningdek, g‘oliblarni aniqlashda hokimlikka Milliy gvardiya xodimlari ko‘maklashmoqda.

Tadbirda so‘z olgan jamoatchilik faollaridan biri, sobiq deputat Qobul Dusov tashabbus haqida fikr bildirar ekan, uning moliyaviy manbasi shaxsan unga qiziq emasligini aytib, “muhimi pul maktabga, ta’limga sarflanayotganidan xursandman”, dedi. Shuningdek, u mukofotga loyiq ko‘rilgan 17-maktab direktoriga yuzlanib, pullarni to‘liq, hech bo‘lmaganda yarmini jamoaga mukofot sifatida tarqatib berishni taklif qildi.

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev 2024 yilning fevral oyida Chirchiq shahridagi maktab direktorlari bilan uchrashuvida o‘qituvchilari va o‘quvchilari telefondan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi