7 423
To‘rtko‘lning TTV telekanali efir vaqtida «sovchilik» bilan shug‘ullanayotgani uchun tanqid qilindi
«O‘zbekiston ovozi» gazetasining saytida chop etilgan «Kim kim bilan tanishmoqda?» nomli maqolada TTV – ya’ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l shahrida faoliyat yuritayotgan oynai jahon mutassadilarining «savobtalab» sovchilik bilan shug‘ullanib, yoshlar xayolini o‘g‘irlashayotgani tanqid qilindi, deb yozadi «Uz24.uz».
Unga ko‘ra, telekanal orqali har kuni istalgan paytda efirga uzatiladigan qo‘shiqlar dasturi bilan bir vaqtda «Xonqalik qizlar bilan tanishaman. Nukusdan Oybek», «Go‘zal qizlar bilan tanishaman. Xo‘jaylidan Xolmurot», «Hazorasplik qizlarga salom. Xivalik Sardor» mazmunidagi xususiy e’lonlar to‘xtovsiz ravishda berib borilmoqda. Tanishuvga chorlovchi yigit-qizning qo‘l telefoni raqami ham to‘liq efirga uzatilmoqda.
«TTV mutasaddilari bu xizmatdan, albatta, o‘ziga yarasha pul ishlayapti. Sababi ‘SMS orqali TV so‘zini 5742 raqamiga yuboring‘ qabilidagi yoshlarni chalg‘ituvchi da’vat efirda muntazam berib boriladi. Albatta, har bir kiruvchi ‘sms’ falon dollar turadi. Bundan ham telefon kompaniyalari, ham televidenie moddiy manfaatdor», − deyiladi maqolada.
Biroq bu holatning yoshlarga salbiy ta’sir etishini bildirish maqsadida quyidagi misol keltiriladi:
«Tumanimizdan bir qiz aynan TTVdagi e’lon tufayli boshqa bir tumanda yashovchi yigit bilan sirtdan tanishadi. Va’dalar beriladi va qizning ota-onasi noiloj to‘y qilishdi. Bir hafta o‘tmasdan qiz uyiga bosh egib qaytib keldi. Ma’lum bo‘lishicha, yigit uylangan, avvalgi xotini bilan hali rasman ajralishmagan ekan. Bu yoqda ikki o‘rtada mojaro. ‘Savobtalab’ sovchilar esa pul topish bilan ovora».
Ma’lum bo‘lishicha, 2 yil muqaddam ham efirdagi «hojatbarorlar» to‘g‘risida maqola yozilgan. Mazkur chiqishdan so‘ng, Xorazm viloyatidagi xususiy televidenielar tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqarishgan va efir orqali «Qizlar bilan tanishaman» mazmunidagi e’lonlarga chek qo‘ygan.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi