Mehnat vazirligi milliy ish qidirish tizimini ishga tushirdi. Bundan buyon paydo bo‘lgan yangi ish joylari va ish qidirayotgan fuqarolar tarjimai hollari ish.mehnat.uz saytida joylashtirilishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sof.uz sayti.
“Bundan buyon yuridik shaxslar kabinetlarida mavjud bo‘lgan vakansiyalar haqidagi ma’lumotlarni yuborishlari mumkin. Mehnat vazirligi xodimi olingan ma’lumotlar asosida vakansiyalar haqidagi ma’lumotlarni Milliy vakansiyalar bankiga joylashtiradi. Keyin ularni vakansiyalar portalga kirgan har bir kishi ko‘rishi mumkin”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Yangi tartib mehnat daftarchalari olish tizimini ham to‘liq avtomatlashtiradi. Mehnat vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda ushbu tizimga 85 vazirlik va muassasalar ulangan. Keyinchalik Milliy vakansiyalar bankiga 200 mingga yaqin tashkilot ulanishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi