Amerikalik tadqiqotchilar velosipedchilarning an’anaviy shlemini damlanadigan xavfsizlik yostiqchasiga almashtirishni taklif qilyapti. O‘tkazilgan tajribalar jarohat olish va miya chayqalishi nuqtai nazaridan qaraganda xavfsizlik yostiqchasi shlemdan 6 barobar ustunligini ko‘rsatdi.
Evropa, Amerika va Osiyoning ko‘plab davlatlarida, shuningdek, Avstraliya va Yangi Zelandiyada velosipedchilar shlem taqib harakatlanishi shart. Ammo aksar velosipedchilar ko‘rishga xalaqit berishi sababli shlemni xushlamaydi. Qolaversa, shlem boshni lat eyishdan saqlab qolishiga ishonch yo‘q, degan qarash mavjud.
AQShdagi Stenford universiteti tadqiqotchilari penopolistiroldan tayyorlangan an’anaviy shlemlarni va ularning havo damlanadigan analogini o‘rgandi. Stenford olimlari o‘tkazgan to‘qnashuv testlarida shishiriladigan yostiqcha tanani zarbadan 6 barobar yaxshiroq himoyalashi ma’lum bo‘ldi. Ammo AQSh va ayrim davlatlarda velosipedchilarning xavfsizlik yostiqchalari ayrim cheklovlar tufayli sotilmaydi.
Yostiqchaning bir talay afzalliklari bor. Ular xuddi avtomobil xavfsizlik yostiqchasi kabi ishlaydi, ya’ni biror narsaga tekkan zahotiyoq shishadi. Boshqa vaqti velosipedchiga hech qanday xalaqit bermaydi, ko‘rish doirasini cheklamaydi. Velosipedchilarning xavfsizlik yostiqchalari hozir ishlab chiqarilyapti, xususan shvedlar mahsulotlari xiyla ommalashgan. Ammo yostiqcha shlemdan qimmat, hattoki, velosipedning o‘zidan ham baland narxda sotilishi mumkin.
Velosipedchining yostiqchasi yoqa kabi kishining gardaniga joylashadi. Ichida havo va kompyuter bo‘lib, u maxsus harakat sensorlari yordamida to‘qnashish ehtimolini aniqlaydi. To‘qnashuvdan so‘ng velosipedchi egardan uchib ketsa, yostiqcha shu ondayoq ishga tushib boshni zarbdan asraydi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi