O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu pikaplarining narxlari e’lon qilindi

  • 27 yanvar 2020, 20:07
  • 3 753
  • Avto
  • O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu pikaplarining narxlari e’lon qilindi
    Foto: «Samauto.uz»
    2019 yil oxirida Toshkent shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ilk Isuzu D-Max pikapi taqdimoti o‘tkazilgan edi. Avtomobillar yettita rang va yettita modifikatsiyada taqdim etilmoqda.

    Avtomobillarga oldindan buyurtma qilish 2019 yilning dekabrida, sotish jarayoni esa 2020 yilning yanvarida boshlanishi aytilgan edi.
    Pikaplar ekologik tozaligi va tejamkorligi bilan ajralib turuvchi dizel yoqilg‘isida ishlaydi.

    Spot’ning yozishicha, o‘zbekistonliklar uchun uchta modifikatsiyada taklif etilmoqda:
    D-Max SAHAR. Ikki yo‘lovchi joyiga ega bir qatorli kabina. Dvigatel hajmi 2,5 litr, mexanik uzatmalar qutisi — 270 million so‘m.
    D-Max OKSUS. To‘rt yo‘lovchi o‘rniga ega ikki qatorli kabina. Dvigatel hajmi 2,5 litr, mexanik uzatmalar qutisi — 340 million so‘m.
    D-Max IRBIS. To‘rt yo‘lovchi o‘rniga ega ikki qatorli kabina. Dvigatel hajmi 3 litr, avtomatik uzatmalar qutisi — 380 million so‘m.

    O‘zbekistonda pikaplar savdosi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchda joylashgan sakkizta dilerlik markazlari shug‘ullanadi.
    «20—24 yanvar kunlari SamAuto zavodi birinchi marta yangi avtomobillarni o‘z egalariga topshirdi. Birinchi partiyada to‘qqizta pikap bor edi. Xaridorlar D-Max IRBIS modifikatsiyasiga ko‘proq buyurtma berdi», — deyiladi xabarda.

    » » O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu pikaplarining narxlari e’lon qilindi