Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangi avtokredit foizi qoplab beriladi

2026 yil 1 avgustdan boshlab, “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransport vositalarini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.
Ushbu tashabbus mahalliy aholiga avtomobillarni yangilash jarayonini rag‘batlantirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, dastur yangi transport vositalariga o‘tishda xarajatlarni kamaytirish orqali aholining moliyaviy yuki engil bo‘lishini ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, 2026 yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi ekologik xavfsizlik va transport oqimini tartibga solish maqsadida “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalarga ajratib chiqiladi. Bu orqali shahar ichidagi transport harakatini optimallashtirish, havo sifatini yaxshilash va tirbandlikni kamaytirish ko‘zda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!