date

O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli ma’lum bo‘ldi

2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda jami 64 221 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 6,9 ming donaga oshgan.

Ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush “Cobalt” rusumiga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur modeldan 23 216 dona ishlab chiqarilib, umumiy hajmning qariyb uchdan bir qismini egallagan va bozordagi yetakchilik mavqeini saqlab qolgan.

Keyingi o‘rinlarda esa “Damas” (12 301 dona), “Tracker” (6 210 dona) hamda “Onix” (5 215 dona) modellari qayd etildi. Boshqa segmentlarda esa turli brendlar o‘z ulushiga ega bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi nisbatan kamroqni tashkil etgan.

Shuningdek, “KIA” rusumida 4 039 dona avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, elektromobillar segmentida “BYD” 3 165 dona natija ko‘rsatgan. Bundan tashqari, “Haval” 2 405 dona, “Chery” esa 1 290 dona avtomobil ishlab chiqargani ma’lum qilindi.

Alohida qayd etilishicha, maxsus turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 6 380 donani tashkil etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli ma’lum bo‘ldi