Barak Obama "Rossiyada neft, gaz va quroldan boshqa narsa ishlab chiqarilmaydi" deb aytdi

  • 17 dekabr 2016, 21:55
  • 4 744
  • Dunyo
  • Barak Obama "Rossiyada neft, gaz va quroldan boshqa narsa ishlab chiqarilmaydi" deb aytdi

    Amerikaning amaldagi davlat rahbari Barak Obama Rossiya iqtisodiyoti xususida keskin fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, Rossiyada "neft, gaz va qurol"dan boshqa narsa ishlab chiqarilmaydi.

    AQShning o‘z lavozimini tark etishga hozirlik ko‘rayotgan prezidenti o‘zining joriy yildagi so‘nggi matbuot anjumanida aytishicha, Rossiya Qo‘shma Shtatlarni o‘zgartira olmaydi, unga ta’sir ko‘rsata olmaydi.

    “Ruslar bizlarni o‘zgartira olmaydi, zaiflashtira olmaydi ham. Ularning mamlakati kichik va zaifroqdir. Ularda neft, gaz va quroldan boshqa narsa ishlab chiqarilmaydi. Ammo, ular, biz o‘z nazoratimizni, qadriyatlarimizni qo‘ldan boy bersak, ta’sir etishlari mumkin”, — deb qayd etgan Oq uy rahbari.


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Barak Obama "Rossiyada neft, gaz va quroldan boshqa narsa ishlab chiqarilmaydi" deb aytdi