2023 yilning iyun oyida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgani, da’vogar Islom Karimovning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandi Pyotr Karimov ekani ma’lum qilingan edi.
Da’vo predmeti sifatida vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ko‘rsatilgan. “Daryo” nashriga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud jarayonlari davom etmoqda. Buni Toshkent shahar sudi axborot xizmati tasdiqladi.
"Sud ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda. Sud ekspertiza tayyorlagan", — deyiladi sud axborot xizmati o‘z izohida.
O‘tgan sud ishlari jarayonida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga Tatyana Karimova tomonidan ishni yopiq sud majlisida ko‘rish va sud ishini boshqa kunga qoldirishni so‘rab iltimosnoma kiritilgan. Sud iltimosnomani qanoatlantirgan.
Avvalroq Pyotr Karimov va Tatyana Karimova o‘rtasidagi vorislik masalasidagi sud ishi haqida advokat tushuntirish bergan edi.
Ma’lumot uchun, qonunchilikka ko‘ra, agar fuqarolik ishida, shuningdek, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan ishda davlat siriga va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga oid ma’lumotlar mavjud bo‘lsa yoki fuqarolik ishi yopiq sud majlisida ko‘rilishi shartligi qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, sud fuqarolik ishini yopiq sud majlisida ko‘rib chiqadi.
Protsess ishtirokchisining iltimosnomasiga binoan, sud shaxsiy hayot daxlsizligini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlash maqsadida fuqarolik ishini, shuningdek, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan ishni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga haqli.
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sud muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkazilishi to‘g‘risidagi iltimosnoma nafaqat o‘z shaxsiy manfaatlari borasida iltimosnoma kiritayotgan shaxs va (yoki) uning vakili tomonidan, balki Fuqarolik protsessual kodeksining 50, 52-moddalariga ko‘ra, boshqa shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan shaxslar (masalan, prokuror, vasiylik va homiylik organi va h.k.) tomonidan ham berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi