Gambiya prezidenti Yayya Jamme o‘z mandati yakuniga etganidan so‘ng iste’foga chiqishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Kun.uz sayti.
"Men qo‘rqoq emasman. Mening huquqlarimni buzish mumkin emas. Bu mening pozisiyam. Allohdan boshqa hech kim mendan g‘alabani tortib ololmaydi", - deya ma’lum qilgan Jamme.
"Men o‘z vazifamdan ketmayman", - qo‘shimcha qilgan u.
Avvalroq, BMTning G‘arbiy Afrika bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Ibn Chambas Gambiya prezidenti hukumatda 19 yanvar kuni yakuniga etadigan mandatidan so‘ng ham qolsa "jiddiy sanksiyalarga" duch kelishi haqida ma’lum qilgandi.
Gambiyadagi prezidentlik saylovlari 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, muxolif Gambiya Birlashgan demokratik partiyasi nomzodi Adama Barrou saylovchilarning 45,5 foiz ovozini qo‘lga kiritdi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Yayya Jamme esa 36,7 foiz ovoz olgan.
Jamme saylov natijalarini tan olmasligi hamda bu jarayondagi jiddiy qonun buzilishlaridan ranjiganini ma’lum qildi. Gambiya prezidenti natijalarga Yuqori suddagi saylovlarda qarshi chiqmoqchi. Ta’kidlanishicha, Gambiyada hozirgi kunda Yuqori sudning o‘zi yo‘q. Ittifoq esa prezidentda o‘z muddatining so‘nggi kunlarida uning arizasini ko‘rib chiquvchi yangi sudyalarni tayinlash uchun konstitusion huquq yo‘qligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?