15:51 / 26.04.2024
225

“Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi

“Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi
“Meva Arena” stadioni “Mayns” futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Wikipedia maʼlumotlariga ko‘ra, stadion 2011 yilda ochilganidan beri Coface Arena nomini oldi va 2016 yil iyul oyida Opel avtomobil kompaniyasi stadion nomiga bo‘lgan huquqlarni sotib olgan.

Foto: Sports

Foto: Sports
Stadion 30 ming tomoshabindan ko‘proq tomoshabinni sig‘dira oladi. Shu paytgacha muxlislar arenaga kelib, Ikkinchi jahon urushi paytida portlamagan 500 kilolik bomba yonida o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlagan. Bomba bugun, 26 aprel sanasida zararsizlantiriladi.

Foto: Sports
Bomba chorshanba kuni arenani taʼmirlash vaqtida topilgan. Hududning 4600 ga yaqin aholisi vaqtincha evakuatsiya qilinadi.

Foto: Sports
28 aprel kuni Bundesliganing 31-turi doirasida “Mayns” “Meva Arena”da “Kyoln”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi