10:06 / 14.01.2017
8 368

Dunyoda o‘zgacha DNKli insonlardan tashkil topgan qabila topildi

Dunyoda o‘zgacha DNKli insonlardan tashkil topgan qabila topildi

Hayotimiz zerikarli deb zikrlaydiganlar adashishadi, haligacha fanga, bizga noma’lum bo‘lgan turli narsalar aniqlanmoqda. Bunga yaqqol misol kuni kecha olimlar, shu kungacha insoniyatning fanga noma’lum irsiyat sohiblari yashayotganini e’lon qildilar.

Irsiyat tarixi shu paytgacha ikki turga neondertal va denisovga taqaladi degan fikrda edi. Bu fikrga kelishlari uchun ham juda ko‘p yillik izlanishlar sabab bo‘lgan, albatta. Endi esa Meloneziyada DNKsi umuman boshqacha bo‘lgan qabila yashayotganligi aniqlandiyu…

Soha mutaxasislari bu turdagi insonlar Tinch okeaning janubi, Avstraliyaning shimoliy- sharqida paydo bo‘lgan degan taxminni ilgari surishmoqda.

Olim Boxlenderning ta’kidlashicha, u butun umrini DNK sohasidagi izlanishlarga bag‘ishlagan, uning fikricha DNkning hozirgacha ma’lum ikki turidan boshqa uchinchi turi ham mavjudki, u dunyo aholisi ichida salmog‘i katta bo‘lishi mumkin.

Yana bir oxirgi kashfiyotlardan biri neondertal DNKsi qontomir va ruhiy tushkunlik kabi kasalliklar genini o‘zida saqlagan ekan.

Boxlenderning hulosa qilishicha, shu paytgacha qilingan barcha ishlar ustidan yana qayta izlanishlar olib borishga to‘g‘ri kelishi ham mumkin ekan. Chunki inson evolyusiyasi davrida biz uchun muhim va qimmatli ayrim ma’lumotlar bizgacha etib kelmagan.

Olimlar Melaneziyalik bu qabila vakillariga yangi kashfiyotlar uchun katta imkon deb ham qarashmoqda.

Z. Ziyaeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda o‘zgacha DNKli insonlardan tashkil topgan qabila topildi