7 019
Ruslarning uchdan ikki qismi mehnat migrantlari oqimini cheklash tarafdori bo‘lib chiqdi
Rossiyaliklarning uchdan ikki qismi (67 foiz) RF hukumati mamlakatga kelayotgan mehnat migrantlari oqimini to‘xtatishga harakat qilishi kerak, degan fikrda deb ma’lum qildi Kun nashri. Ruslarning har beshinchisi esa bunga qarshi (19 foiz). Bunday xulosaga “Levada-Sentr” ijtimoiy tadqiqotchilari kelishgan. Ular Rossiyaning 48 mintaqasida joylashgan 137 aholi punktida 17-20 fevral kunlari 1600 nafar inson o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov yakunlarini tahlil qilishdi.
O‘z pozisiyasini bildirish bilan bog‘liq muammoga 13 foiz ishtirokchilar duch kelgan.
Rossiyaliklar ko‘p hollarda Shimoliy Kavkaz (41 foiz ularni salbiy qabul qiladi, 41 foiz – neytral, 9 foiz - yaxshi) va O‘rta Osiyodan (38 foiz – yomon, 48 foiz – neytral, 10 foiz - yaxshi) bo‘lgan mehnat migrantlariga murosasizlik haqida gapirishgan.
2007 va 2017 yillar oralig‘idagi davrda Ukrainadan bo‘lgan mehnat mignatlariga sovuq munosabat darajasi oshgan hamda, aksincha, Kavkazorti davlatlaridan bo‘lgan migrantlarga munosabat bir qadar yaxshilangan.
Shu tariqa, Ukrainadan kelganlarga rossiyaliklarning ayni damda 25 foizi achinadi, 52 foizi ularga murosa bilan munosabatda bo‘ladi, 19 foizi esa – yomon munosabatda. Armaniston, Gruziya, Ozarboyjondan bo‘lgan mehnat migrantlariga rossiyaliklarning 10 foizi yaxshi munosabatda, 51 foizi – neytral, 34 foizi esa – yomon munosabatda.
Rossiyaliklarning tasavvuriga ko‘ra, mehnat migrantlari odatda, “ta’lim olmagan shaxslar bo‘lib, ular faqatgina malakasiz mehnat bilan shug‘ullanishi mumkin” (32 foiz), “ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishgan baxtsiz kishilar” (28 foiz), shuningdek “aholining ijtimoiy yomon qatlamlaridan chiqqan shaxslar” (15 foiz). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi