Iroq Mudofaa vazirligi ma’lum qildiki, hukumat kuchlari Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan to‘la ozod etdi.
29 iyun tongida iroqlik harbiylar shaharning tarixiy qismidagi An-Nuriy masjidini egallagan, aynan shu erda 3 yil muqaddam IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy «xalifalik» tuzilgani haqida e’lon qilgandi.
«Armiyaning maxsus topshiriqli bo‘linmalari An-Nuriy masjidiga kirdi»,— deya xabar bergan Sky News Arabia telekanali efirida Mo‘sulni ozod etish operasiyasiga boshchilik qilayotgan general Abdul Amir Yaralla.
Iroqning ikkinchi yirik shahri, mamlakat shimolida joylashgan Mo‘sul IShID tomonidan 2014 yil iyunida bosib olingandi. Shaharni ozod etish uchun harbiy amaliyot o‘tgan yilning 17 oktyabrida boshlangandi. Shaharning g‘arbiy qismi 2017 yil yanvarida egallangach, harbiy yurishda tanaffus qilingandi. Amaliyot davomida Iroq armiyasiga shialarning harbiy bo‘linmalari, kurd otryadlari va xalqaro aksilterror koalisiya kuchlari yordam berishdi. Bir necha kun oldin Iroq armiyasi vakili Mo‘sul qamalida hal qiluvchi yakuniy bosqich boshlangani haqida ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi